Jahon | 11:25 / 18.07.2017
5790
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Yaponiya Shimoldan tahdid bahonasida o‘z konstitutsiyasini o‘zgartirish niyatida

Foto: Reuters

Yaponiya hukumati Shimoldan tahdidni vaj qilib "tinchlikparvar" konstitutsiyani o‘zgartirishni rejalashtirayapti. KMTA axborot agentligining sharhlarida shu kabi ta'kidlar o‘rin olgan. U 18 iyul kuni KXDRning markaziy "Nodon sinmun" gazetasida chop etildi.

Sharh mualliflari Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening jangovar kayfiyatdagi bayonotlariga o‘z qarashlarini izhor qilishgan. Abe 4 iyul kuni uchirilgan "Xvason-14" qit'alararo ballistik raketa sinovidan so‘ng keskin fikrlarini bildirgan edi. Pxenyan esa bu sinovni "respublika mudofaa qobiliyatini mustahkamlash", deb baholagandi.

Maqolada ta'kidlanishicha, bunday qarash "Yaponiya hukumatining Shimoldan tahdid bahonasida keskinlikning kuchayishini imkon qadar o‘z foydasiga qo‘llash niyatini tasdiqlaydi".

Pxenyanga ko‘ra, Tokio shu bahonada Yaponiyani qudratli harbiy davlatga aylantirish uchun milliy konstitutsiyani o‘zgartirishni rejalamoqda. 

KMTAga ko‘ra, mamlakat maqomini qayta ko‘rib chiqish mexanizmi allaqachon ishga tushirilgan, Tokio jamoatchilik fikrini o‘zgartirish maqsadida "KXDR timsolida tashqi dushman qiyofasi shakllantirmoqda". Buning uchun, Yaponiyada Shimoldan amalga oshiriladigan raketa hujumi ehtimoliga qarshi fuqarolarni evakuatsiya qilish mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. 

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe qit'alararo ballistik raketa sinovidan so‘ng, BMT XKning yangi sanksiyalarini joriy etish bo‘yicha rezolyutsiyani tezroq qabul qilish fikrini ilgari surgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid