O‘zbekiston | 11:03 / 18.07.2017
20938
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident fuqarolik aviatsiyasi ustidan nazoratni kuchaytirish haqida qaror imzoladi

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi parvozlarning xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
 
Hujjatda ta'kidlanishida, parvozlar xavfsizligining nazorat qilish davlat inspeksiyasining hozirgi tashkiliy tuzilmasi va shtat birligi aviatsiya xodimlarini litsenziyalash va ekspluatatsiya inspeksiyalarini o‘tkazish bo‘yicha alohida funksiyalarni to‘la hajmda bajarish imkonini bermayapti.
 
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi parvozlarning xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining yangi vazifalari belgilandi:
 
- fuqarolik va tajribaviy aviatsiya faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
 
- O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan uning foydalanuvchilari xavfsiz foydalanishini ta'minlash;
 
- fuqarolik aviatsiyasi va uning O‘zbekiston Respublikasidagi obektlarining xavfsiz ishlashini ta'minlash;
 
- fuqarolik aviatsiyasi faoliyatining parvozlar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha sertifikatsiya ishlarini tashkil etish va ta'minlash;
 
- havo tashuvlari bilan bog‘liq bo‘lgan aeroportlarda havo kemalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalashni tashkil etish;
 
- fuqarolik va tajribaviy aviatsiya faoliyati sohasida davlat nazoratini amalga oshirish, aviatsiya hodisalari hamda fuqarolik va tajribaviy havo kemalari bilan holatlarni surishtiruvdan o‘tkazish;
 
- O‘zbekiston fuqarolik aviatsiyasi manfaatlarini xalqaro tashkilotlarda taqdim etish.
 
Shuningdek, Davavianazorat tuzilmasida yangi bo‘limlar paydo bo‘ladi. Ular:
 
- uchuvchisiz uchar qurilmalardan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilish bo‘limi, 3 shtat birligida;
 
- xorijiy ekspluatantlarning ekspluatatsiya inspeksiyasi bo‘limi, 3 shtat birligida.
 
Bundan tashqari, endilikda Davavianazorat boshlig‘i maqom bo‘yicha vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid