Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havodagi harakatni boshqarishga oid ayrim talablar bekor qilindi
Adliya vazirligi tomonidan fuqaro va eksperimental aviatsiya parvozlarini tartibga soluvchi aviatsiya qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Yangi tartibga muvofiq, havodagi harakatni boshqarishga oid ayrim talablar bekor qilinib, bir qator eskirgan normalar chiqarib tashlandi.
Foto: Kun.uz / Muhammadjon G‘aniyev
Ma’lum qilinishicha, Adliya vazirligi O‘zbekiston samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga — O‘zR AQ-91ga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan. Hujjat 2026 yil 6 mart kuni 1723-13-son bilan ro‘yxatga olingan.
Kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi konvensiya talablariga muvofiq, havodagi harakatni boshqarish dispetcherlarining har kuni smenadan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bo‘yicha talab bekor qilinmoqda.
Shuningdek, xalqaro talablardan kelib chiqib hamda o‘z ahamiyatini yo‘qotgani sababli, ayrim qoidalar hujjatdan chiqarib tashlanmoqda. Jumladan, bulutlarning quyi chegarasi balandligi belgilangan minimumdan past bo‘lmagan holatda o‘tish eshelonidan pasayishga ruxsat berish kabi normalar bekor qilingan.
Yangi tartibga asosan, havo kemalari jihozlanishiga ko‘ra asosiy havo kemasi va qayta jihozlangan havo kemasi toifalariga ajratilishi ham belgilanmoqda. Bu o‘zgarishlar aviatsiya sohasidagi qoidalarni xalqaro me’yorlarga yanada muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
09:13 / 06.03.2026
Xorijiy avtoulovlar uchun “tonirovka” bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
14:11 / 27.02.2026
Xususiy kompaniya Adliya vazirligiga Kia K9 mashinasini nega bergandi?
16:44 / 21.02.2026
Amaldorlar daromadini deklaratsiyalash qonunini muhokamaga qo‘yish Adliya vazirligiga bog‘liq emasligi aytildi
14:03 / 14.02.2026