Jamiyat | 09:02 / 18.07.2017
10586
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada O‘zbekistonning 5 fuqarosi YTH tufayli jarohat oldi

Rossiyaning Saratov viloyati Tatishev tumanida yengil avtomashina ishtirokidagi YTH oqibatida O‘zbekistonning besh fuqarosi turli jarohatlar oldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Avtomashinada bo‘lgan barcha besh inson turli og‘irlikdagi jarohatlar olgan. Ularga voqea joyida yordam ko‘rsatildi. Fuqarolar 31-51 yosh atrofida ekani aytilmoqda. 

Xabarlarga ko‘ra, YTH hodisasi kecha "Nijniy Novgorod - Arzamas - Saratov" avtomobil yo‘lining 575-kilometrida yuz bergan. "Deu" mashinasi katta tezlikda yo‘l chetidagi ariqqa tushib, to‘ntarilib ketgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid