Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchtepa tumanida Korzinka.uz supermarketi ochildi
Toshkentning Uchtepa tumanida Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ining yana bir do‘koni ishga tushdi. Bu haqda tarmoqning Facebookdagi sahifasida ma'lum qilindi.
O‘tgan dam olish kunlari tashkil etilgan ochilish marosimiga tashrif buyurganlar karnay-surnay va milliy musiqa jo‘rligidagi quvnoq muhitdan bahramand bo‘ldi. Bundan tashqari, maxsus kun munosabati bilan do‘konda chegirmalar va aksiyalar amal qildi. Chegirmalar ayni damda ham davom etmoqda.



“Korzinka.uz Uchtepa” tarmoqning 2017 yilda ishga tushgan ikkinchi supermarketi sanaladi. Yangi do‘kon Uchtepa tumani hokimiyati yonida (238-maktab ro‘parasida), Foziltepa ko‘chasi, 93-uy manzilida joylashgan.


Bugungi kunga kelib Toshkent shahrida 19 ta va Olmaliq shahrida 1 ta Korzinka.uz do‘koni faoliyat yuritmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, kompaniya do‘konlarini O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham ochish harakatida.



Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:00 / 19.11.2025
Korzinka bilan yangi yilga yangi avtomobilda kirib boring!
19:37 / 23.08.2025
Korzinka'dan OLX'gacha: so‘nggi oylardagi eng yirik biznes bitimlari
09:07 / 10.07.2025
“Mahallamiz buni ko‘tara olmaydi”: fuqarolar Uchtepa City'ning 16 qavat bo‘lishiga qarshi
14:47 / 09.07.2025