Yangi format birlamçi ehtiyoj tovarlarining serobligini oşiriş va kundalik xaridlar uçun yanada qulay yeçimlarni yaratişga yönaltirilgan. Afzal Market mavjud konsepsiyani töldirgan holda riteylerning ekotizimiga hamohang uyğunlaşadi. Agar odatiy “Korzinka” supermarketlari özining keng kölami tufayli haftalik katta xaridlar ehtiyojini qondirsa, “Korzinka Mahalla” dökonlari “uy yaqinida” formatiga mos kelib, yöl-yölakay qöşimça xarid qiliş imkoniyatini ta’minlasa, Afzal Market esa eng xaridorgir tovarlarni hamyonbop narxlarda taklif etişga çorlangan.

Afzal Market bu mamlakatning kiçik şaharlari va qişloqlarida barça zarur xaridlarni tez va qulay amalga oşiriş imkonini beruvçi, taxminan 250–300 kvadrat metr maydonga ega bölgan kiçik dökonlar silsilasidir. Format özida hamyonbop narxlar, 2000 dan ortiq turdagi har xil mahsulotlar va zamonaviy tarmoqqa oid sifat standartlarini uyğunlaştiradi.

Dökonlarda kundalik ehtiyojga taalluqli asosiy mahsulotlar (göşt, meva-sabzavotlar, baqqollik mahsulotlari, şirinliklar, bolalar tovarlari, içimliklar, maişiy kimyo, şaxsiy gigiyena vositalari) taqdim etilgan. Zamonaviy savdo texnologiyalari, öz navbatida, zaxiralarni samarali boşqariş va xaridorlarga kerakli mahsulotlarni maqbul narxlarda taklif etiş imkonini beradi.

“Afzal Market bu — biz avvalo hududlar va kiçik aholi punktlarida rivojlantirayotgan yönaliş bölib, u tayanç mahsulotlarni qulay va xavfsiz zamonaviy savdo formatida taqdim etiş uçun möljallangan. Biz aholining asosiy ehtiyojlariga e’tibor qaratib, sifat, assortiment va oziq-ovqat xavfsizligi masalalarida har kuni murosasiz hamyonbop narxlarni taklif etiş maqsadida jarayonlarni optimallaştirdik. Biz uçun yangi formatdagi narx siyosati bozordagi örtaça oziq-ovqat savati narxidan ham pastroq bölişi ğoyat muhim. Bu kundalik turmuşga qulaylik bağişlab, osonroq, arzonroq va sifatliroq xarid qiliş imkonini beradi”, – dedi “Korzinka” supermarketlar tarmoği asosçisi Zafar Hoşimov.

Afzal Market’ning narx siyosati soddalaştirilgan operatsion modelga asoslangan. Dökonlarning kiçik maydoni savdo nuqtalariga sarflanuvçi çiqimlarni qisqartiradi, optimallaştirilgan assortiment esa saqlaş va logistika xarajatlarini kamaytirişga yordam beradi. Boz ustiga, “Afzal” dökonlari xaridorlarimizning butun sikldagi ehtiyojlarini qondira oladi. Bunda tovarlarni yirik partiyalarda xarid qiliş va taşiş qöşimça ahamiyat kasb etib, yetkazib beruvçilar bilan yanada qulay şartlarda işlaş imkoniyatini yaratadi.














