Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Putin vazirlarni muzqaymoq bilan mehmon qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jukovskiy viloyatida xalqaro aviakosmik salon (MAKS) ochilishida qatnashmoqda.
Tadbir davomida Putin shaharni aylandi va u yerda muzqaymoq sotayotgan qizni ko‘rib qoldi. Putin mudofaa vaziri Sergey Shoygu, «Rostex» rahbari Chemezov va Sergey Ivanovni mehmon qilgan.
- Bizni nima bilan mehmon qilasiz, - deb so‘ragan Putin sotuvchi qizdan. - Muzqaymoq bilan, - javob bergan qiz. - Plombir bor. Stakanligi 60 rubl, quyib beriladigani 80 rubl. Kubandan keltirilgan muzqaymoq ham bor,- deb qo‘shimcha qildi qiz. - Yaxshi qiz, bu yerda muzqaymoq yeguvchilar ko‘p,- deb hazillashdi Putin sotuvchiga 1000 rubl uzatayotib.
Putin nisbatan arzonroq bo‘lgan stakanli plombirni tanlagan. Hukumatning qolgan rahbarlari ham muzqaymoqdan olishdi. - Sizning bir yillik foydangiz qancha?,- deb so‘radi Putin «Rostex» rahbaridan. - 80 milliard,- javob berdi u. - Unda bemalol muzqaymoq sotib olishingiz mumkin ekan,- deya barchani kuldirgan Putin.
Mavzuga oid
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi
15:51 / 15.01.2026
Bloomberg: Trampning maxsus vakillari Putin bilan uchrashishi mumkin
09:50 / 15.01.2026
Tramp: Putin tinchlikni istayapti, kelishuvga Zelenskiy to‘sqinlik qilyapti
22:33 / 09.01.2026