Jamiyat | 08:32 / 18.07.2017
53355
2 daqiqa o‘qiladi

“Jomiy” bozorida 15 yoshli o‘smir avtomobilni boshqara olmagani tufayli bir yigitni bosib ketdi

Toshkent shahrining “Jomiy” qurilish mollari bozorida ko‘ngilsiz holat yuz berdi. Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarining ma'lum qilishicha, “Spark” avtomobili bozor avtoturargohida bir yigitni bosib ketgan. 

Xabar qilinishicha, “Spark” rulida 15 yoshli o‘smir bo‘lgan. U tezlikni olish va tormoz tepkilarini adashtirib yuborgani aytilmoqda. 

Foto: Facebook/Voditeli Tashkenta

Hodisa paytida avtoturargoh yonidagi zina oldida uch yigit turgan, mashinani ko‘rgan ikki nafari o‘zini olib qochishga ulgurgan, bir yigit esa “Spark”ning tagida qolib ketgan. Bundan tashqari, avtomobil to‘xtab turgan “Lasetti”ga ham urilgani aytilmoqda.

Foydalanuvchilardan birining yozishicha, mashina tagida qolib ketgan yigit bozorda qurilish mollari sotuvchisi bo‘lib ishlagan, hodisa yuz bergan paytda tushlikka chiqqan. U og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgani aytilmoqda.    

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid