Kuni keça A-373 Toşkent-Öş avtomobil yölining Qamçiq dovonidan ötgan qismida «Toşkent-Vodiy» yönalişida harakatlangan «Spark» rusumli avtomobil haydovçisi boşqaruvni yöqotişi oqibatida yölning xandaq (kyuvet) qismiga tuşib ketgani va amaliy yordam zarurligi töğrisida «Qamçiq» maxsus-qidiruv yonğin-qutqaruv boşqarmasiga xabar kelib tuşgan.

Xabarga asosan, bir guruh qutqaruvçilar aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib çiqilgan.

Ma’lum bölişiça, avtomobilda haydovçi va 3 nafar yölovçi bölgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq.