Toşkent viloyati Ohangaron tumanida qöylarni urib yuborgan “Spark”da yonğin kelib çiqqan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, hodisa bugun, 19 oktyabr kuni soat taxminan 05:00 larda sodir bölgan.

Toşkent viloyati Ohangaron tumani hududidan ötgan D 017 "Olmaliq-Toşkent" avtomobil yölining 17-kilometrida haydovçi, 26 yoşli D.Ş. “Spark” maşinasida ketayotib, yölning qatnov qismida bölgan 22 boş qöyni urib yuborgan.

Haydovçi maşinani töxtatib, undan tuşganidan söng Spark salonida yonğin kelib çiqqan. Oqibatda maşina töliq yonib ketgan. Şuningdek, 22 boş qöy nobud bölgan. Haydovçi jarohat olmagan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.