Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinada 7 kishi kuchli sovuq tufayli hayotdan ko‘z yumdi

Argentinada sovuq ob-havo tufayli kamida yetti kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti mahalliy OAVga asosan.
Ta'kidlanishicha, Neuken hamda Misones viloyatlarida ikki kishi sovuq urishidan halok bo‘lgan bo‘lsa, Mar-del-Plata, Rafaela, Xunin-de-los-Andes, La-Plata va Kordoba shaharlarida yana besh inson qattiq sovuq hamda pechlardan foydalanish chog‘ida is gazidan zaharlanib, vafot etgan.
Argentina shahrida havo harorati rekord darajada pasayib ketdi
Avvalroq Chilida qahraton qish va kuchli qor hukm surayotgani xabar berilgandi.