17 iyul kuni Argentinaning San-Karlos-de-Bariloçe şahrida eng past havo harorati qayd etildi. Bu yerda termometr körsatkiçi Tselsiy şkalasi böyiça -25,4 darajani taşkil etdi. U kişida 29 daraja sovuqdek taassurot uyğotdi, deb xabar qilmoqda Argentina meteorologiya xizmati.
RIA Novostining xabariga köra, bunga mintaqada "Asr böroni" kirib kelişi sabab bölgan. Buning natijasida şahar qalin qor bilan qoplandi. And toğlarining şundoqqina ostonasida joylaşgan Bariloçe mamlakatning maşhur sayyohlik markazlaridan biri hisoblanadi.
Uşbu şahardagi avvalgi öta sovuq harorat 1963 yilda qayd etilgan bölib, öşanda -21,1 darajani taşkil etgan.

Foto: Twitter/@juanmvila
Bu safargi qahraton qiş sabab mahalliy aeroport faoliyati izdan çiqdi. 25 mingga yaqin kişi elektr energiyasiz qoldi. Köçalarda qor qalinligi 50 sm.ga yetdi, deb xabar qilmoqda mahalliy Federal portali.












