Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulen AQSh uni Turkiyaga topshirishiga ishonmaydi
Foto: Reuters
Turkiya hukumati tomonidan 2016 yil iyunida amalga oshirilgan davlat to‘ntarishiga urinish tashkilotchisi sifatida ayblanadigan muxolifatchi Fathulloh Gulen o‘zining ekstraditsiya qilinishiga ishonmaydi. 20 yildan ortiq vaqt davomida AQSh hududida istiqomat qilib kelayotgan Gulenning ishonch bildirishicha, Oq uy rahbari Donald Tramp uni topshirib yubormaydi.
«Men bu tahdidni jiddiy qabul qilmayman. Trampning shaxsiy fikridan bexabarman, ammo men u Turkiya prezidenti talabini bajarib, Qo‘shma shtatlarning xalqaro miqyosdagi obro‘si bo‘yicha tavakkal qiladi deb o‘ylamayman. Shu tufayli men bunday ehtimoldan tashvishda emasman», — degan Gulen France 24 efirida.
U Turkiyadagi isyonni tekshirish uchun xalqaro komissiya tuzishga chaqirgan. Shu bilan birga u agar o‘zining 16 iyul voqealariga aloqadorligi bo‘yicha kichik bo‘lsa-da isbot topilsa, chipta olishga tayyorligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
19:37 / 06.05.2026
Trampning siyosati, G‘azo va migratsiya. Pulitser mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi
09:52 / 06.05.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi «Ozodlik loyihasi» to‘xtatilishini ma’lum qildi
09:51 / 06.05.2026