Jahon | 15:55 / 19.07.2017
9319
2 daqiqa o‘qiladi

To‘rt arab davlati Qatarga nisbatan talablarni kamaytirdi

Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatarga nisbatan talablari ro‘yxatini qisqartirdi va ularni aniq muddat belgilanmagani holda bajarishga chaqirdilar. Bu haqda The Wall Street Journal arab davlatlari diplomatlariga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, arab davlatlari 13 ta batafsil talabni oltita umumiy prinsipga almashtirgan.

Xususan, yangi ro‘yxatda Al Jazeera telekanalining yopilishi, amirlikdan “muammoli” kishilarni chiqarib yuborish kabi talablar yo‘q.

“Albatta, barchamiz murosani istaymiz, biroq bu olti prinsip bo‘yicha murosa bo‘lmaydi”, - deya ma'lum qildi Saudiya Arabistonining BMTdagi vakili Abdulla al-Muallimiy.

Ta'kidlanishicha, Qatarning BMTdagi vakili yangi talablarni arab mamlakatlari jahon hamjamiyati bosimi ostida o‘z obro‘larini saqlab qolish maqsadida ilgari surishgan, deb hisoblamoqda.

Shu bilan birga, tomonlar mojaroni yechish va uni qurolli ixtilof darajasiga qadar olib bormaslik niyatida ekanliklarini ma'lum qilishgan.

Avvalroq Misr Qatar bilan viza rejimini joriy etayotgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid