Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatarga nisbatan talablari röyxatini qisqartirdi va ularni aniq muddat belgilanmagani holda bajarişga çaqirdilar. Bu haqda The Wall Street Journal arab davlatlari diplomatlariga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, arab davlatlari 13 ta batafsil talabni oltita umumiy prinsipga almaştirgan.
Xususan, yangi röyxatda Al Jazeera telekanalining yopilişi, amirlikdan “muammoli” kişilarni çiqarib yuboriş kabi talablar yöq.
“Albatta, barçamiz murosani istaymiz, biroq bu olti prinsip böyiça murosa bölmaydi”, - deya ma'lum qildi Saudiya Arabistonining BMTdagi vakili Abdulla al-Muallimiy.
Ta'kidlanişiça, Qatarning BMTdagi vakili yangi talablarni arab mamlakatlari jahon hamjamiyati bosimi ostida öz obrölarini saqlab qoliş maqsadida ilgari surişgan, deb hisoblamoqda.
Şu bilan birga, tomonlar mojaroni yeçiş va uni qurolli ixtilof darajasiga qadar olib bormaslik niyatida ekanliklarini ma'lum qilişgan.
Avvalroq Misr Qatar bilan viza rejimini joriy etayotgani haqida xabar berilgandi.












