O‘zbekiston | 14:06 / 25.05.2026
1249
1 daqiqa o‘qiladi

BAA bilan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini baholashning yangi tizimi joriy etiladi. Bu Prezidentning “Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishida belgilandi.

Foto: REUTERS

Mazkur farmoyishga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi ikki tomonlama kelishuvlar doirasida “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi amalga oshiriladi.

Hujjat bilan Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi dasturni amalga oshirish uchun mas’ul organlar etib belgilangan.

Shuningdek, 2026 yildan boshlab har ikki yilda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirlik, qo‘mita, agentlik va inspeksiyalar faoliyati samaradorligini dastur asosida baholash tizimi joriy etiladi.

Dasturda ishtirok etuvchi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, mukofot nominatsiyalari ro‘yxatlari Agentlik va Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan tasdiqlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid