Sport | 21:20 / 20.07.2017
5916
1 daqiqa o‘qiladi

Yomon natijalari sabab Afrikadagi terma jamoalardan biri tarqatib yuborildi

Jibuti futbol federatsiyasi qoniqarsiz natijalari sabab terma jamoani butunlay qaytadan tashkil etadigan bo‘ldi. Bu haqda BBC Sport nashri xabar tarqatdi.

Federatsiya texnik direktori Umar Ali Muhammadning ta'kidlashicha, asosiy terma jamoa faqat va faqat mag‘lubiyatga uchragan va shu sababdan jamoani tarqatib yuborish bo‘yicha qaror chiqarilgan. Endilikda terma jamoa faqat yoshlarni e'tiborni qaratadi. «Gap pulda emas, bu federatsiyasining yangi siyosati. Biz endi hozircha 15, 17 va 20 yoshgacha bo‘lgan musobaqalarda ishtirok etamiz», — degan funktsioner.

Jibuti terma jamoasi so‘nggi olti uchrashuvda jami 3:24 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.

Jibuti terma jamoasi hozirda FIFA reytingida 211 federatsiyasi ichida 185-o‘rinda bormoqda.  Afrikaning sharqiy qismida joylashgan davlatning aholisi 640 ming kishini tashkil qiladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid