Jamiyat | 19:45 / 20.07.2017
13055
2 daqiqa o‘qiladi

III guruh nogironlariga SChR uchun to‘lov qaytariladi

Vazirlar Mahkamasining 14.07.2017 yildagi 497-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida (SChR) xizmatni o‘tashi tartibi to‘g‘risida nizomga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

2015 yilning sentabr oyida quyidagi qoida joriy qilingandi: SChR xizmatchisi vafot etgan taqdirda, to‘langan pul badallari uning yaqin qarindoshiga, merosxo‘riga, vasiysiga yoki homiysiga qaytariladi.

Mudofaa vazirligining statistikasiga ko‘ra, ko‘rsatilgan sanagacha 244 nafar SChR xizmatchilari pul badallarini to‘lashgan (jami summa – 233,5 mln.so‘m), biroq vafot etganligi sababli harbiy yig‘inlardan o‘tishmagan.

Shu munosabat bilan normaga orqaga qaytish kuchini berishga qaror qilindi. Ya'ni vafot etgan (halok bo‘lgan) SChR xizmatchilarining yaqin qarindoshlari, merosxo‘rlari, vasiylari yoki homiylarining murojaatlariga bo‘yicha hatto pullar 2015 yil sentabr oyigacha o‘tkazilgan taqdirda ham ular qaytariladi.

Bundan tashqari, endilikda SChR xizmatchisiga III guruh nogironligini (ilgari – faqat I va II guruh) berish badallarni qaytarish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid