Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda davlat xizmatchilari maoshini 50 foizga oshirib berishlari mumkin
Qozog‘iston davlat xizmati ishlari va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi davlat xizmatchilariga ish haqi to‘lashning yangi tizimini joriy etmoqda, unda maoshni 50 foizga qadar ko‘paytirish mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.
«Davlat xizmatchilariga ish haqi to‘lashning yangi tizimi ularning maoshlarini 50 foizga oshirishi mumkin», - deya xabar berdi agentlik raisining o‘rinbosari Oygul Shoimova.
Yangi tizim ikki qismdan iborat bo‘ladi: doimiy va o‘zgaruvchan.
Birinchisi egallab turgan lavozimga bog‘liq bo‘ladi. O‘zgaruvchani esa qilingan ishga qarab bonuslar qo‘shishni nazarda tutadi. Dastlabki loyihaga ko‘ra, bonuslar yilda bir marotaba davlat xizmatchisi faoliyatini baholash asosida to‘lanadi.
Bonuslar hammasi bo‘lib 4 sinfga bo‘linadi: “ajoyib”, “samarali”, “qanoatlantiruvchi” va “samarasiz”. Shoimovaning so‘zlariga ko‘ra, bonuslarni “ajoyib” va “samarali” xodimlar olishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025