O‘zbekiston | 12:42 / 21.07.2017
17117
1 daqiqa o‘qiladi

IIBB internetda joylangan videoroliklarni nazorat qilib boradi

Poytaxt IIBB internetda paydo bo‘layotgan va yo‘l harakatiga tegishli qoidabuzarliklar tasvirlangan videoroliklardagi holatlar o‘z isbotini topsa, tegishli jazo tayinlaydi. Bu haqda Toshkent IIBB tergov bo‘limi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jayev Kun.uz muxbirining savoliga javob qaytarib, ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, IIBB xodimlari turli ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan va qoidabuzarlik holati aks etgan videoroliklar bo‘yicha jazo belgilashi mumkin. Bunda ushbu holatda qoidabuzarlik sodir etilgani o‘z isbotini topishi kerak bo‘ladi. 

Bundan tashqari, ma'lum qilinishicha, IIBB elektron manzilga nomini oshkor etmagan shaxslardan kelib tushayotgan roliklarni ham o‘rganib chiqmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid