Jamiyat | 17:04 / 22.07.2017
13823
2 daqiqa o‘qiladi

Plastik kartadagi pulni naqdlashtirib berishni va'da qilgan firibgar qo‘lga olindi

Foto: "Kun"

Bekobod shahrida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan D.X. (ismlari o‘zgartirilgan) jamiyatda foydali mehnat turi bilan shug‘ullanmasdan, jinoyat sodir etish yo‘liga kirdi. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilib, firibgarlik ya'ni aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan tez va oson pul topish yo‘lini afzal bildi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB.
 
2016 yilning 31 may kuni D.X. firibgarlik yo‘li bilan vaqtincha ishsiz, 1992 yilda tug‘ilgan A.D.ni ishonchini suiste'mol qilib, «Bank plastik kartasidagi 3.300.000 so‘m pullaringizni naqlashtirib beraman» – deb aldab, A.D.dan hisobida 3.300.000 so‘m puli bo‘lgan plastik kartasini olib, unda mavjud bo‘lgan pul mablag‘larini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida bu firibgarliklarga chek qo‘yildi. Endilikda D.X. sodir etgan xatti-harakatlari uchun qonun oldida javob beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid