Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Demokratlar yetakchisi Klintonning mag‘lubiyati sababini aytdi
AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klinton saylovchilar «u nimani himoya qilayotganini» bilmagani uchun saylovlarda mag‘lub bo‘lgan. Bu haqda Senatdagi demokratlar yetakchisi Chak Shumer ma'lum qildi.
«Biz nimani uddalay olmadikmi? Odamlar nimani himoya qilayotganimizni bilmasdi, biz shunchaki Trampga qarshi edik. Ular shu vaqtgacha shunday hisoblashadi», — deya Shumerning so‘zlarini keltirgan The Washington Post.
Uning so‘zlariga ko‘ra, demokratlar o‘z mag‘lubiyatida Rossiyani yoki FQBning sobiq rahbari Jyeyms Komini ayblashda asos yo‘q, mag‘lubiyatga ularning o‘zlari aybdor.
«Qachonki, siz mashhurligi 40 foiz atrofida bo‘lgan kishiga yutqazsangiz, bunda boshqalarni — Komi yoki Rossiyani emas, o‘zingizni ayblashingiz kerak», — degan u Klintonning mag‘lubiyati haqida fikr bildira turib.
18 iyul kuni so‘rov Klintonning reytingi Trampnikidan ham pastligini ko‘rsatgandi.
Mavzuga oid
22:32 / 04.03.2026
Klintonlar Epshteyn ishi bo‘yicha ko‘rsatma berdi – tafsilotlar
14:01 / 04.03.2026
“Biz Yaqin Sharqdagi urushlardan charchadik” - amerikalik senator
20:02 / 17.02.2026
«G‘arbga xiyonat qildi». Hillari Klinton Trampning siyosatini keskin tanqid qildi
19:54 / 10.12.2025