Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi instagramdagi sahifasidan Neymar bilan tushgan suratlarini o‘chirib tashladi
Lionel Messi instagramdagi sahifasidan Neymar bilan tushgan barcha fotosuratlarini o‘chirib tashladi.
Ayni vaqtda argentinalik futbolchining sahifasida ikki futbolchining 2013 yilda olingan bir dona fotosurati qolgan.
OAVda «Barselona» hujumchisi Lionel Messining bu ishi klub muxlislari kayfiyatini tushirib yuborishi aniqligi, katta ehtimol bilan bu braziliyalik hujumchining jamoani tark etmoqchi bo‘layotgani bilan bog‘langan.

O‘tgan haftada Neymar jamoasini o‘zgartirmoqchi ekani, bu uning kataloniyaliklar jamoasida «Messi soyasida qolib ketayotgani» bilan izohlani haqida xabarlar tarqaldi.
Parij klubi ushbu futbolchi uchun 222 mln sarflab, unga katta maosh tayinlashga (yiliga 30 mln yevro), shuningdek, transferga rozilik berishi uchun katta miqdorda bonus berishga tayyor.
«Barselona» rahbariyati esa bu vaqtda o‘z futbolchisining ketishini butunlay rad etmoqda.
Bundan avvalroq «Barselona» futbolchilari Neymarni qolishga ko‘ndirgani, bu futbolchilar orasida Lionel Messi ham borligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
16:40 / 06.07.2026
Neymar Braziliya milliy jamoasi bilan xayrlashdi
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
20:47 / 22.04.2026