Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaning Akita prefekturasida rekord darajada yog‘ingarchilik ro‘y berdi
Yaponiyaning Akita prefekturasida yuz bergan rekord darajadagi yog‘ingarchilik salkam 500 uyni suv ostida qoldirdi. Tabiiy ofat oqibatlari namoyish etilgan lavhalarda shu haqda so‘z yuritilgan. NHK telekanali xabariga ko‘ra, suv toshqinlari oqibatida 10 minglab kishi boshqa joylarga ko‘chirilgan.
Kiodo agentligiga ko‘ra, mamlakat shimolidagi hududning 17 tumanida 485 ta uy suv ostida qolgan. Suv toshqinlari va yog‘ingarchilik temir yo‘l qatnovi faoliyatida uzilishlarga olib kelgan.
Meteorologiya xizmatining ma'lum qilishicha, bir kecha-kunduzda Akita aeroportiga 350 mm yog‘in yoqqan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026