Jamiyat | 19:08 / 24.07.2017
32451
2 daqiqa o‘qiladi

Klinikada fohishaxona tashkil qilgan qorovulning “faoliyati”ga chek qo‘yildi

G‘ijduvonda fohishaxona tashkil qilgan shaxsning faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Kun.uz’ga Buxoro IIB xabar berdi.           

Ma'lum bo‘lishicha, G‘ijduvon tumani IIB xodimlari tomonidan tuman hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida G‘ijduvon tumani, Bo‘ktaroy QFY, Ko‘krabot qishlog‘ida yashovchi muqaddam sudlangan 1963 yilda tug‘ilgan H.Jumayev o‘zi qorovul vazifasida ishlovchi “Artaped” xususiy klinikasida 1984 yilda tug‘ilgan Dilkusho MFYda yashovchi A.R. va Qo‘rg‘on MFYda yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan E.G.larning o‘zaro jinsiy aloqa qilishlari uchun 15.000 so‘m pul evaziga joy ajratib berib, g‘arazli va boshqa past niyatlarda fohishaxona saqlash jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan. 
 
Ushbu holat yuzasidan H.Djumayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining  131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid