Samarqand shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markaziga qabul boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining «O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlarini rivojlantirish» loyihasi doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida Samarqand shahrida tashkil etilgan Kasb-hunarga o‘qitish markaziga o‘quvchilar qabul qilinadi.
Markazda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish (qayta tayyorlash) quyidagi kasblar bo‘yicha bepul amalga oshiriladi:
- avtomobillarni ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik (avtoslesarlar, motoristlar, avtomobillar diagnostikasi bo‘yicha mutaxassislar);
- payvandlash ishlari mexanik texnigi (payvandchilar, chilangarlar va metallarga ishlov berish mutaxassislari);
- elektron texnikalarini montaj qilish va sozlash texnigi (elektron va maishiy texnikani, radio va teleapparaturani ta'mirlash va ularga servis xizmati ko‘rsatish mutaxassislari);
- kompyuter injiniringi texnigi – axborot texnologiyalari (hisoblash mashinalari operatorlari, kompyuterlar va boshqa tashkiliy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ularni ta'mirlash).
Markazda kasb-hunarga o‘qish muddati 10 oy, shundan Markazda o‘qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 4 oy.
Markazda o‘qiyotgan talabalar uchun 6 oy mobaynida Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan eng kam oylik ish haqi miqdorida ishsizlik nafaqasi beriladi.
Kasb-hunarga o‘qitish markaziga hujjatlar tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.
Samarqand shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazining bitiruvchilariga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.
Talab qilinadigan hujjatlar: ariza, pasport (asli va nusxasi), ishga joylashtirishni kafolatlovchi uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi, jismoniy shaxs) shartnoma nusxasi, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan berilgan yo‘llanma, 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat.
Hujjatlar 2017 yil 15 iyuldan 15 avgustgacha qabul qilinadi.
Manzil: Samarqand shahar, Spitamen ko‘chasi, 264a uy
Murojaat uchun tel.: (99866) 221-72-85, 221-72-62, 221-73-62
Mo‘ljal: SamDU Pedagogika fakulteti.
Avtobus yo‘nalishlari: 4, 12, 16, 32, 35, 66, 85, 97, 99.
Mavzuga oid
11:44 / 31.10.2024
Samarqandda yo‘lovchi avtobusi traktor tirkamasi bilan to‘qnashdi
14:23 / 29.10.2024
Samarqandda savdo do‘koni yonib ketdi
19:09 / 28.10.2024
“Ko‘p miqdorda jarimam bor edi” – Samarqandda pora olgan IIB xodimi qamaldi
09:53 / 25.10.2024