Özbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) volfram qiymat zanjirining upstream, midstream va downstream kabi barça bosqiçlarni qamrab olgan integratsiyalaşgan sanoat modelini şakllantirmoqda. Upstream yönalişining asosiy tarkibiy qismi sanalgan Sariköl volfram koni Samarqand viloyatining Nurobod tumanida joylaşgan bölib, loyiha Geologiya va toğ-kon sanoati vazirligi kömagida amalga oşirilmoqda. Bu haqda TMK xabar berdi.
Qayd qilinişiça, loyihaning muhandislik va texnologiya bloklari Avstraliyaning xalqaro darajada tan olingan, köp yillik sanoat tajribasiga ega yetakçi kompaniyalari AMC Consulting Pty Ltd. va NewPro Consulting and Engineering Services Pty Ltd. tomonidan işlab çiqilmoqda.
Ta’kidlanişiça, Sariköl loyihasi doirasida barpo etilayotgan qayta işlaş majmuasi yiliga 1 million tonna rudani qayta işlaş quvvatiga ega böladi va jahon standartlariga töliq mos tarzda faoliyat yuritadi. Uşbu quvvatlar asosida xalqaro sifat talablariga javob beradigan 65 foizli volfram konsentrati işlab çiqariladi. Loyihaning yillik mahsulot hajmi 4 ming tonna etib belgilangan. Istiqbolli maydonlar va geologik zaxiralarni inobatga olgan holda konning umumiy işlaş muddati 20 yilgaça baholanmoqda.
Bu yerda nafaqat mineral qazib olinadi, balki mahalliy aholi uçun yangi iş örinlari, infratuzilma va ijtimoiy barqaror muhit yaratiladi. Loyiha doirasida 400 nafardan ortiq mutaxassis va mahalliy aholi vakillari barqaror iş örni bilan ta’minlanişi közda tutilgan.
Loyihaning yana bir muhim yönalişi - ESG (Environmental, Social, Governance) standartlarining töliq integratsiyasi. Ayni paytda loyiha doirasida ESG taşabbuslar işlab çiqilmoqda. ESG yondaşuvi faqat ekologiyani muhofaza qiliş bilan çeklanmay, balki keng qamrovli barqarorlik standartlarini joriy etişni nazarda tutadi. Şuningdek, kondagi işlar oçiq va yerosti usullarida olib boriladi.












