Prezident Şavkat Mirziyoyev Urgut markaziga “Yangi Özbekiston” qiyofasini olib kirib, eng zamonaviy va körkam şaharlardan biriga aylantiriş böyiça alohida qarorni imzoladi.

Tumanning «Quyi Kamangaron» mahallasidagi «Yangi Özbekiston» massiviga tutaş hududdan 90 gektar qöşimça joy ajratib, zamonaviy urbanistika asosida 100 ming aholiga möljallangan zamonaviy eko-şahar barpo etilişi e’lon qilindi.

Yangi şaharda yöl, suv, kanalizatsiya, elektr, maktab, boğça, şifoxona va boşqa infratuzilma obektlarini quriş, tadbirkorlik loyihalari uçun 50 million dollar ajratiladi.

Yangi şaharning 3 gektar maydonida tumanning 35 ta taşkiloti uçun yagona ma’muriy markaz qurib beriladi. Ularning böşagan binolari esa biznes uçun xususiy sektorga taklif qilinadi.

Şuningdek, Oqdaryo, Payariq, Pastdarğom, Toyloq va Samarqand tumanidagi 17,5 ming gektar hudud Samarqand şahriga qöşib beriladi. Buning hisobiga Samarqand şahri aholisi 604 mingdan 882 mingga yetadi.

Şu bois, aholisi va daromadi kundan-kunga ösib borayotgan Samarqand şahrida zamonaviy uy-joylarga bölgan talabni ta’minlaş uçun 3 ta yirik massiv tanlab olindi.

Jumladan, «Şirin» massivida 180 ming, «Temiryöl orti» hududida 100 ming, «Qorasuv-2» massivida 30 ming aholi uçun 700 dan ortiq zamonaviy köp qavatli uy barpo etiladi.

Samarqand şahridagi 49 ta viloyat taşkiloti kelasi yil «Şirin» massiviga köçadi. Şu yil oxirigaça bu massivni şahar markazi bilan boğlovçi «Qoradaryo» ustidan ötgan 577 metrli köprik işga tuşiriladi. Ispaniyalik investorlar bilan xususiy şeriklik asosida uşbu 3 ta massivning kanalizatsiya tizimi yangilanadi.

Şaharda yuk transporti harakatini kamaytiriş maqsadida Oqdaryo, Toyloq va Samarqand tumanidan ötuvçi magistral yöl böyida 4 ta logistika markazi barpo etiladi.