Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: AQSh Turkiyaning S-400 majmualarini xarid qilayotganidan xavotirda
Foto: RG
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh Turkiya tomondan Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualari sotib olinishi mumkinligidan xavotirlanayotganiga izoh berdi.
"Ular nimadan xavotirlanmoqdalar? Har bir davlat o‘z xavfsizligini ta'minlash uchun muayyan choralar ko‘rishga haqli. Ular boshqa qurol borasida xavotir bildirmayaptilar, biroq S-400 tizimlari holatida xavotirlanmoqdalar", deb aytgan Erdo‘g‘an Anqara aeroportida Fors ko‘rfazi davlatlariga safardan qaytgandan keyingi nutqida.
Erdo‘g‘anning aytishicha, "xavotir uchun sabablar bo‘lishi mumkin emas". Uning ta'kidlashicha, "majmualarni sotib olish bo‘yicha muzokaralar deyarli yakunlangan".
Avvalroq AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi raisi Jozef Danford Vashington Anqara tomondan Moskvadan S-400 tizimlari sotib olinayotganidan xavotirdaligini ma'lum qilgan. Amerikalik general bu haqda Aspen shahrida o‘tgan xavfsizlik bo‘yicha anjumanda aytib o‘tgan.
Mavzuga oid
21:13 / 12.05.2026
Pentagon AQSh va Eron o‘rtasidagi urushning narxini ochiqladi
18:16 / 12.05.2026
AQSh butun dunyo bo‘ylab 120 ta biolaboratoriya ishini o‘rganadi
17:39 / 12.05.2026
Markaziy Osiyo harbiylari AQSh Qurolli Kuchlari o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etadi
23:12 / 11.05.2026