Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro chempionlar kubogida «Bavariya» «Chelsi»dan ustun keldi
International Champions Cup turnirining Osiyo qismida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Bavariya» va «Chelsi» jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Uchrashuvning 27-daqiqasigacha «Bavariya» Rafinya va Tomas Myullerning ikkita goli evaziga yirik hisobda oldinga chiqib oldi. Birinchi bo‘lim so‘nggida Markos Alonso hisobdagi farqni biroz qisqartirgan bo‘lsa, Mishi Batshuayi ikkinchi bo‘limni farqni minimal ko‘rinishga olib keldi. Biroq buyog‘iga «Chelsi»ning kuchi yetmay qoldi.
International Champions Cup
Singapur
Chelsi (Angliya) – Bavariya (Germaniya) 2:3 (1:3)
Gollar: Alonso (45), Batshuayi (85) – Rafinya (6), Myuller (12, 27).
Chelsi: Kurtua (Eduardu, 76), Keyhill, Kristensen (David Luiz, 63), Aspilikueta, Alonso (Tomori, 76), Fabregas (Pashalich, 86), Mozes, Villian, Kante, Boga (Morata, 63), Batshuayi (Beyker, 86).
Bavariya: Shtarke (Fryuxtl, 46), Martines, Hummels, Rafinya (Gyottse, 63), Fridl, Tolisso (Pantovich, 63), Xames, Sanshesh, Riberi (Dorsh, 81), Levandovski (Koman, 46), Myuller (Vintsxaymer, 81).
Ogohlantirish: Mozes (29).
Mavzuga oid
10:19 / 19.03.2026
YeChLda chorakfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi
07:22 / 19.03.2026
«Barsa»da 7 gol, «Liverpul»da kambek. YeChLda kun o‘yinlari
21:21 / 16.03.2026
«Chelsi» Abramovich davridagi qoidabuzarliklar uchun 10 mln funt jarimaga tortildi
10:59 / 15.03.2026