Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayyoh samolyotlardan foydalanmay 50 ta davlatga bordi
Avstraliyalik bloger Tiral Dalits Sidneydan AQShning San-Diyego shahriga aviakompaniyalar xizmatidan foydalanmagan holda yetib bordi. 29 yoshli erkak uch yil vaqtini sarflagan sayohat davomida taxminan 80 ming kilometr masofani bosib o‘tdi hamda 50 ta davlatga bordi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Dalits sayohat davomida kundalik ham tutib bordi. U Avstraliyadan Indoneziya, Singapur, Malayziya va Tailandga yo‘l oldi. Keyinchalik Laos, Kamboja, Vetnam hamda Xitoyga tashrif buyurdi. Xitoydan u Mo‘g‘uliston orqali Rossiyaga bordi, keyin esa o‘z sayohatini Yevropa davlatlari bo‘ylab davom ettirdi.

Erkak safari davomida kemalar, velosiped, avtotransport va poyezdlarda harakatlandi. Sayohatchi safarga taxminan 22 ming dollar sarfladi.

Endilikda Dalits Amerikaning San-Diyego shahridan Sidneyga qaytib kelishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
11:55 / 25.05.2026
Toshkent viloyatida tog‘da jarohatlangan sayyoh qutqarildi
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026