O‘zbekiston | 15:50 / 26.07.2017
66967
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat test markazining tuzilmasi o‘zgardi

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 iyuldagi 508-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi to‘g‘risida yangilangan nizom, shuningdek, uning tuzilmasi tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Davlat test markazining (Markaz) asosiy vazifalari  belgilandi:

•  ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovi orqali tanlab olishga oid davlat siyosatini amalga oshirish;
•  ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovi natijalarining xolisonaligi, ishonchliligi va adolatliligini ta'minlash;
•  test materiallari bankini shakllantirish, pedagogik o‘lchov vositalarini takomillashtirish;
•  test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish, ushbu jarayonlarni muvofiqlashtirish, test materiallarini nashr qilish, test sinovi natijalarini tahlil qilish;
•  chet tillarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini rivojlantirish.

Markaz direktoriga ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovlarining sifatli o‘tkazilishi uchun shaxsiy mas'uliyat yuklanadi. Markaz xodimlarining umumiy cheklangan soni 72 nafargacha qisqartirildi (ilgari – 89 nafar).

Belgilanishicha, Markaz Davlat byudjyeti mablag‘lari, homiylik mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Markaz Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy manzilida joylashtiriladi.

Mavzuga oid