Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mumbayda uy qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi
Foto: Reuters
Hindistonning Mumbay shahrida 4 qavatli turar-joy binosining qulashi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy o‘t o‘chirish xizmatiga iqtibos keltirgan holda ANI axborot agentligi xabar bermoqda.
Fojia vaqtida uyda 30 ga yaqin odam bo‘lgan. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan 11 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan. Qutqaruv operatsiyasi hanuzgacha davom etmoqda.
Binoning qulashi sabablari hozircha ma'lum qilinmagan, biroq ko‘pincha inshootlar qurilish me'yorlariga zid ravishda va sifatsiz materiallardan quriladigan Hindiston uchun bunday holatlar kamyob hisoblanmaydi.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
07:17 / 25.03.2026
Qozog‘istonda ilmiy-fantastik uslubdagi osmono‘par bino qurilishi boshlandi
08:00 / 21.01.2026
2026 yilda foydalanishga topshiriladigan 10 ta osmono‘par bino
07:50 / 30.12.2025