Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Apple AQShda 3ta zavod quradi
AQSh przidenti Donald Tramp The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida bayonot berishicha, Apple kompaniyasi Amerikada uchta ishlab chiqarish korxonalarini qurish majburiyatini olgan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Apple rahbari Tim Kuk "3 yirik, juda chiroyli korxona" qurishga va'da bergan. "Men aytdimki: Tim, sen mamlakatimizda korxonalaringni qurmas ekansan, mening ma'muriyatim iqtisodiy sohada muvaffaqiyatga erishdi, deya olmayman", — degan Tramp. Biroq prezident kompaniya AQShda qaysi mahsulotni ishlab chiqarmoqchi ekaniga oydinlik kiritmagan.
Apple kompaniyasi vaziyatni izohlashdan bosh tortdi.
O‘tgan yil noyabr oyidagi prezidentlik saylovida g‘alaba qozongan Trampning asosiy va'dalaridan biri Amerika hududida ishlab chiqarishni tiklashdir. Apple esa o‘z kompyuter, telefon va boshqa qurilmalarini asosan Xitoyda ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarishni ko‘chirish ehtimoli bir necha sabablarga ko‘ra muammolidir. Xitoyda ishchilar ancha arzon, shu sababli AQShda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sezilarli qimmatlashadi.
Bundan tashqari, Apple kompaniyasining Xitoydagi pudratchilari lozim bo‘lganda 100 minglab kishilarni yollab, yana ishdan bo‘shatadi. Bu AQSh mehnat qonunchiligida nazarda tutilmagan.
Mavzuga oid
11:30
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
22:14 / 28.05.2026
iPhone o‘g‘rilaridan himoyalanishning yangi usuli ishlab chiqilmoqda
18:27 / 08.05.2026