Jahon | 18:06 / 26.07.2017
5139
2 daqiqa o‘qiladi

O‘tgan yili jahondagi banklarning to‘rtdan bir qismi DDoS-hujumlarga uchragan

2016 yildagi jahondagi har to‘rtinchi bank DDoS-hujumlar oqibatlari bilan to‘qnash keldi. Bu haqda «Kasperskiy laboratoriyasi» matbuot-relizida aytiladi.

Ekspertlarning xabar berishicha, ko‘proq moliyaviy muassasalar banklari bunday turdagi kiberhujumlarga uchraydi. Tadqiqot ma'lumotiga ko‘ra, bank sektoriga uyushtirilgan DDoS-hujumdan o‘rtacha zarar miqdori 1 mln. dollardan oshgan. Odatda, jinoyatchilar banklar saytiga hujum qiladi – ular barcha holatlarning 49 foizida hujumga uchragan.

«Bank sektorida obro‘ juda muhim, hamda u xavfsizlik bilan uzviy bog‘liq. Agarda banklarning onlayn-servislariga kirish imkoni cheklansa, bu mijozlar ishonchini tahdid ostiga soladi. Internet-banking bilan bog‘liq bo‘lgan kiberhodisalardan samarali himoya uchun kompaniyalar ularga tayyor turishi kerak. Xususan, DDoS-hujumlarni tezlik bilan aniqlashi va bartaraf etishi mumkin bo‘lgan qarorlarga katta e'tibor berish kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi «Kasperskiy laboratoriyasi»ning Kaspersky DDoS Protection yo‘nalishi rahbari Aleksey Kiselev.

Avvalroq «Kasperskiy laboratoriyasi» bepul antivirusni ishga tushirishini ma'lum qilgani xabar berilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid