Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumanida yirik yong‘in ro‘y berdi

27 iyul kuni soat 10:31da Toshkent shahrining Olmazor tumani, Bayroqtol ko‘chasi 102-uy manzilidagi «12-trest» qurilish korxonasi mexanizatsiya boshqarmasi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar bergan.
«2017 yilning 27 iyul kuni soat 10:31da Toshkent shahar IIBB YoXB Markaziy dispetcherlik xizmatiga, Olmazor tumani, Bayroqtol ko‘chasi, 102-uyda joylashgan «12-sonli Trest» MChJ Xo‘jalik hisobidagi mexanizatsiyalashtirish boshqarmasining Yoqilg‘i moy mahsulotlarini saqlash shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar tushgan. Yong‘inni o‘chirish uchun sakkizta o‘t o‘chirish guruhi jalb qilindi», — deyilgan xabarda.
Yong‘in bartaraf etilgan, jabrlanganlar va qurbon bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in oqibatida 2 ta rezervuarlarda dizel yoqilg‘isi hamda 1 ta konteynerli avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyasida AI-80 markali benzin yoqilg‘isi yongan.
Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid
10:04 / 02.01.2026
Kran-Montana fojiasi: qurbonlar orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmadi
14:58 / 27.12.2025
Sebzorda avtomobil yonib ketdi: jarohatlanganlar yo‘q
13:26 / 20.12.2025
Qoratosh–Samarqand Darvoza ko‘chalari kesishmasida mashina yonib ketdi
09:53 / 19.12.2025