27 iyul kuni soat 10:31da Toşkent şahrining Olmazor tumani, Bayroqtol köçasi 102-uy manzilidagi «12-trest» quriliş korxonasi mexanizatsiya boşqarmasi hududida yonğin sodir böldi. Bu haqda Toşkent IIBB matbuot xizmati xabar bergan.

«2017 yilning 27 iyul kuni soat 10:31da Toşkent şahar IIBB YoXB Markaziy dispetçerlik xizmatiga, Olmazor tumani, Bayroqtol köçasi, 102-uyda joylaşgan «12-sonli Trest» MÇJ Xöjalik hisobidagi mexanizatsiyalaştiriş boşqarmasining Yoqilği moy mahsulotlarini saqlaş şoxobçasida yonğin sodir bölayotganligi haqida xabar tuşgan. Yonğinni öçiriş uçun sakkizta öt öçiriş guruhi jalb qilindi», — deyilgan xabarda.

Yonğin bartaraf etilgan, jabrlanganlar va qurbon bölganlar yöq.

Yonğin oqibatida 2 ta rezervuarlarda dizel yoqilğisi hamda 1 ta konteynerli avtomobillarga yoqilği quyiş stansiyasida AI-80 markali benzin yoqilğisi yongan. 

Hodisa sabablari örganilmoqda.