Jahon | 11:05 / 28.07.2017
7699
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh senati Rossiya, Eron va KXDRga qarshi yangi sanksiyalarni ma'qulladi

AQSh senati Rossiya, Eron hamda KXDRga nisbatan yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Hujjatni 98 nafar senator qo‘llab-quvvatlagan, ikkisi qarshi ovoz berdi.

25 iyul kuni AQSh kongressining vakillar palatasi yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ovoz bergandi.

Endilikda hujjat AQSh prezidenti Donald Trampga imzolash uchun kiritiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid