Jahon | 19:02 / 28.07.2017
14468
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya bosh vaziri Kataloniyadagi referendumga e'tiroz bildirdi

Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy juma kuni Konstitutsiyaviy sudda Kataloniya hukumatining mamlakatning ushbu mintaqasi mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga e'tiroz bildirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

"1 oktabr kuni referendum bo‘lmaydi, - deya ma'lum qildi Mariano Raxoy Madriddagi matbuot anjumanida. – Hukumat sudga murojaat qilib, qonunga rioya etish bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarmoqda". Ispaniya bosh vazirining eslatishicha, Konstitutsiyaviy sud Kataloniya hukumatining plebissitni (juda muhim masalani hal qilishni umumxalq ovoziga qo‘yish) o‘tkazish bo‘yicha avvalgi tashabbuslarining noqonuniy ekani haqida qaror qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya – Ispaniya shimoli-sharqidagi muxtor viloyat. So‘nggi yillarda bu mintaqada ayirmachilik kayfiyati ancha oshdi. O‘tgan yilning 6 oktabr kuni viloyat parlamenti Ispaniya tarkibidan chiqish to‘g‘risida referendum o‘tkazish haqidagi rezolyutsiyani ma'qulladi. Shundan so‘ng Konstitutsiyaviy sud ushbu hujjatni bekor qildi. Biroq, muxtor viloyat rahbari Karles Puchdemon iyun oyi boshida mustaqillik haqidagi referendum 1 oktabr kuni o‘tkazilishi haqida aytib o‘tgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid