Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazir: Ijodiy imtihonni olib tashlasak, boshog‘riq kamayadi, biroq...
Kun.uz tahririyati O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Majidovning aytishicha, test jarayonlarini shaffof o‘tishi maqsadida katta, ochiq joylarda o‘tkazish imkoniyati O‘zbekistonda ham bor. Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentdagi Inha universiteti xuddi shunday tarzda sinovlarni o‘tkazgan.
“Buning natijalari yaxshi. Sababi o‘sha yerning o‘zida hammaga ko‘rinib turdi. Keng jamoatchilik vakillari buni kuzatishning imkoniga ega bo‘ldi. Prezidentimiz topshiriq bergan – 1 avgustdan yana bir universitet uchun shunday tajriba qo‘llaniladi. Buni bir tomoni bor, bir kunda o‘tkazilishi savollarning bazasi bilan bog‘liq. Bir necha kunga qo‘ysak, bazani ham kengaytirish kerak. Buning uchun juda katta baza yaratilishi kerak. Bunday savollar oldin ham bo‘lgan: Nega bir kunda? Bu baza bilan bog‘liq”, - deydi vazir.
Uning aytishicha, ijodiy imtihonlarda turli yo‘nalishlardagi mezon har xil.
“Buni maksimal obektiv qilish mumkin. Mening fikrim, qanchalik bu yerga jalb qilingan mutaxassislar malakasi, saviyasi yuqori bo‘lsa, shuncha yuqori obektivlikka erishamiz. Chunki, qandaydir mezonlar qilishimizdan qat'iy nazar ijodiy ishda ijod doim bo‘ladi. Bu masalada juda ko‘p e'tiroz bo‘ladi. Ijodiy ishda baholash mezonlarini mukammallashtirib borish kerak. Katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar chaqiriladi. Bizga ijodiy imtihonni olib tashlab, test qo‘yib qo‘ysak, juda qulay bo‘lardi. Bu osonroq, har holda tashkilotchilar uchun boshog‘riq kamroq. Lekin o‘sha yo‘nalishga yetuk talabalarni yig‘ib oluvchilar, abituriyentlardan so‘rasangiz – ijodiy imtihon bo‘lishi kerak, deydi. Bu paradoks”, - deydi Majidov.
Ma'lumot uchun, Inomjon Majidov bilan intervyuning to‘liq shakli birozdan so‘ng taqdim etiladi.
Mavzuga oid
10:09 / 24.04.2026
Universitetlar AI sabab imtihon tizimini o‘zgartirmoqda
23:33 / 17.04.2026
Maktablarda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari sanasi belgilandi
18:52 / 15.11.2025
"Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" o‘tkaziladi
17:56 / 31.10.2025