Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiyaning sobiq matbuot vaziri Mixail Lesin o‘ldirilgan
Rossiyaning sobiq matbuot vaziri va mediamenejyer Mixail Lesin Vashingtondagi mehmonxonada baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘lmagan, u o‘ldirilgan. Bu haqda BuzzFeed nashri AQShning razvedka va huquqni muhofaza qilish idoralarining bir necha amaldorlariga asosan xabar bermoqda.
Maqolada aytilishicha, Lesin AQSh adliya vazirligi bilan rejalashtirilgan uchrashuvdan avval o‘ldirilgan. Nashrning ta'kidlashicha, adliya vazirligi xodimlari Lesinning o‘limidan biroz avval uni o‘zi tashkil etgan RT telekanalidagi ish haqidagi intervyuga chaqirishgan.
Rossiya sobiq matbuot vaziri va «Gazprom-media» sobiq rahbari 2015 yilning noyabr oyida Vashington markazidagi Hotel Dupont mehmonxonasida hayotdan ko‘z yumgandi. Baxtsiz hodisa o‘limga sabab qilib ko‘rsatilgan, bu boradagi ish yopilgan. Lesin Rossiya matbuot vaziri lavozimini 1999-2004 yillar davomida egallagan.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026