Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Oq uy apparati rahbarini o‘zgartirdi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z ma'muriyatida xodimlarni o‘zgartirganini ma'lum qildi: u Oq uy apparati rahbari lavozimidan Rayns Pribusni bo‘shatdi va uning o‘rniga ichki xavfsizlik vaziri, iste'fodagi general Jon Kellini tayinladi.
“Men hozirgina Jon Kellini Oq uy apparati rahbari etib tayinlaganimni ma'lum qilishdan xursandman. U buyuk amerikalik hisoblanadi”, deb yozdi Tramp bu haqda tvitterda.
Ta'kidlab o‘tish joizki, yaqinda Oq uyning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori etib tayinlangan Entoni Skaramuchchi jurnalist bilan suhbatda Pribusni “jin urgan shizofrenik” deb atab, uning ishdan bo‘shatilishini bashorat qilgandi. Skaramuchchi bu gaplari matbuotga chiqib ketgandan keyin yuzaga kelgan katta mojarodan keyin “muxbirga ishonganidan” afsusdaligini aytib, o‘z so‘zlari uchun uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
16:06 / 01.12.2025
Oq uy saytida OAV uchun “sharmandalar zali” ochildi
08:30 / 27.11.2025
Oq uy yaqinida otishma: afg‘onistonlik muhojir milliy gvardiyachilarni o‘qqa tutdi
21:20 / 21.10.2025
Tramp Oq uyni rekonstruksiya qilishni boshladi
09:32 / 01.10.2025