Jahon | 16:50 / 30.07.2017
8329
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada xususiy raketa sinovi muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Yaponiyadagi Interstellar Technologies kompaniyasi tomonidan ishlangan Momo raketasi sinovi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu haqda kompaniyaning tvitterdagi sahifasida ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, dvigatel haqidagi telemetrik ma'lumotlar uzatilishi to‘xtagach, parvozning 80-soniyasida raketa qulay boshlagan.

Raketa Yapon dengiziga, qirg‘oqdan 8 km ichkaridagi hududga qulab tushgan. Kompaniya vakillari tafsilotlarni matbuot anjumanida ma'lum qiladi.

Noqulay ob-havo tufayli raketaning uchirilishi 29 iyuldan 30 iyulga qoldirilgandi. Mutaxassislar hisobiga ko‘ra, 20 kg miqdoridagi yuk bilan raketa 120 km balandlikka ko‘tarilishi mumkin edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid