Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshidagi qo‘shma korxonada tayyor charm ishlab chiqarish jarayoni yo‘lga qo‘yildi
Xabaringiz bor Kun.uz sayti jamoasi Qashqadaryo viloyatida ijodiy safarda bo‘ldi. Mazkur safar davomida viloyatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi va bu yo‘lda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining iqtisodi mamlakat rivojida alohida ahamiyatga ega. Xususan, “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi va Xalq banki tomonidan Qarshi shahrida tashkil etilgan chorvachilik “Qarshi Lezer” korxonasi ayni fikrlarning amaldagi ifodasidir.

“Qarshi Lezer” korxonasi O‘zbekiston-Xitoy-Isroil qo‘shma korxonasi negizida tashkil etilgan bo‘lib, tayyor charm ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan.
“Korxonaning tashkil etilganiga yaqinda bir yil bo‘ladi”, - dedi biz bilan suhbatda “Qarshi Lezer” korxonasi menejyeri Bahodir Shermatov. – “Ishlab chiqarish jarayonlari bir me'yorda davom etmoqda. Ishlab chiqarish quvvati kuniga 50 tonna yirik shohli qoramol terisini qayta ishlash kuchiga ega. Bundan tashqari, olib borayotgan ishlarimiz birinchi bosqichda. Kelajakda yuqori texnologiyalarni jalb etgan holda ishlab chiqarish sur'atini yanada oshirmoqchimiz”.

Bu yerda faoliyat yuritayotgan xitoylik mutaxassislar bilan suhbatlashganimizda ular sharoitlarning yaxshiligi, ishlar endi boshlangani, O‘zbekistonning so‘lim tabiati ularga manzur kelgani haqida so‘zlab berishdi.
Qariiyb 4,5 gektar maydonda qad ko‘targan korxonada 100 ortiq yangi ish o‘rini yaratilgan. Hozirgi kunga qadar 800 ming dollarlik charm eksport qilindi. O‘ylaymizki, mazkur loyiha kelajakda O‘zbekiston rivojida salmoqli o‘ringa ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026