Jahon | 15:34 / 31.07.2017
6960
1 daqiqa o‘qiladi

FAX Rossiya operatorlarining «katta to‘rtligi»ga qarshi tergov boshladi

Rossiya Federal aksilmonopol xizmati rahbari o‘rinbosari Anatoliy Golomolzinning bayonot berishicha, boshqarma milliy roumingda monopol narx-navo uchun «katta to‘rtlik» operatorlariga nisbatan surishtiruv ishlarini boshlagan. Bu haqda RNS xabar qilmoqda.

«FAX milliy roumingda monopol yuqori narxlar sababli «katta to‘rtlik» operatorlariga nisbatan tergov ishlarini boshladi», — degan Golomolzin matbuot anjumanida.

Golomolzinning qayd etishicha, yaqin orada barcha zaruriy hujjatlar tayyorlanadi. 

17 iyul kuni boshqarma Rossiyada faoliyat yurituvchi mobil operatorlardan tarif rejalari shartlarini o‘zgartirish doirasida milliy roumingni bekor qilishni talab qilgan edi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid