Jahon | 15:13 / 31.07.2017
7412
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml: AQSh Rossiyada qaysi diplomatlarni qoldirishni o‘zi hal qilishi kerak

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, AQSh Rossiyada qaysi diplomatlar va dipvakolatxonaning boshqa xodimlari ishlashda davom etishini o‘zi hal qilishi mumkin. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

«Bu AQShning tanlovi bo‘ladi. Putin gapirganida, bu diplomatlar va texnik xodimlar ekanini aytgandi. Gap faqatgina diplomatlar haqida bormayapti, bunday ko‘p diplomatlar yo‘q. Gap diplomatlar haqida ham, nodiplomatik maqomga ega shaxslar haqida ham», - dedi Peskov Rossiyani kim tark etishini qaysi tomon aniqlashi haqidagi savolga javob qaytarib.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning AQShga qarshi javob choralari sifatida Rossiyani 755 nafar amerikalik diplomat tark etishi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid