Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ingliz futbolchisi to‘p suradi
Avstraliya chempionatining «Pyort Glori» jamoasi a'zosi Rostin Griffits faoliyatini O‘zbekistonda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sports.Uz sayti xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 29 yoshli yarimhimoyachi Oliy liganing yetakchi klublaridan biri bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Biroq saytda Griffitsni milliy chempionatimizning qaysi jamoasi bilan og‘zaki kelishuvga erishgani haqida ma'lumotlar berilmagan. Tribuna.Uz manbalari bergan ma'lumotga ko‘ra, futbolchi katta ehtimol bilan Toshkentning «Paxtakor» klubi safiga o‘tishi mumkin. Uning O‘zbekistondagi yillik maoshi kamida 600 ming dollarni tashkil qiladi.
Ma'lumot o‘rnida, kelib chiqishi asli angliyalik bo‘lgan ushbu yarimhimoyachi faoliyatini «Blekbern Rovers» jamoasida boshlagan.
So‘ngra, Shotlandiyaning «Gretna», Angliyaning yana bir jamoasi «Akkrington Stenli», Niderlandiyaning «Roda», Avstraliyaning «Adelaida Yunayted», «Sentral Kost Mariners», «Nort Kvinslend Furi» va «Pert Glori» jamoalarida to‘p surgan.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
14:29 / 11.03.2026