Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQShni yadro kelishuvini buzishda aybladi
Eron hukumati BMT Xavfsizlik kengashiga AQSh ustidan shikoyat bilan murojaat qildi. Bu iyul oyida Tehronga qarshi kiritilgan sanksiyalar tufayli yuz berdi. Shuningdek, Vashington yadro kelishuvi shartlarining buzilishida ayblandi. Bu haqda seshanba, 1 avgust kuni Tasnim News agentligi Eron parlamenti spikeri Ali Larijoniyga asosan xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron hukumati vakillari Amerikaning yangi sanksiyalar to‘plamini ko‘rib chiqishgan hamda ular yadro dasturi to‘g‘risidagi kelishuvning ba'zi bandlariga zid ekani haqidagi xulosaga kelishgan.
18 iyul kuni AQSh Eron raketa dasturiga go‘yoki aloqador bo‘lgan 18 firma hamda jismoniy shaxsga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Shu bilan birga, amerikaliklarning ta'kidlashicha, cheklov choralari Eron yadro dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasiga aloqasi bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026