Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva viloyati sudi binosida otishma ro‘y berdi
Moskva viloyat sudi binosida otishma chiqishi oqibatida bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda RIA Novosti sud ishtirokchilariga asoslanib xabar tarqatdi.
"Moskva viloyat sudida otishma chiqdi, xodimlar jarohatlandi, men pristav jarohatlanganini ko‘rdim", degan advokat Sofya Rubasskaya.
Advokat kamida 20ta o‘q uzilganini aytgan.
Sud matbuot kotibi Natalya Osipova sud binosidan barcha xodimlar va tashrif buyuruvchilar evakuatsiya qilinganini, ammo hodisa sabablarini aniq keltirolmasligini bildirgan.
«Moskovskiy komsomolets» ma'lumotiga ko‘ra, otishma GTA bandasi — kelib chiqishiga ko‘ra markaziy osiyoliklar bo‘lgan, Moskva viloyatida seriyali qotilliklar sodir etgan shaxslarga qarshi ish vaqtida ro‘y bergan. Gazeta xabariga ko‘ra, sud majlisi vaqtida guruh a'zolaridan biri liftda qo‘riqchiga hujum qilib, uni jarohatlagan.
Mavzuga oid
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
08:47 / 19.05.2026
San-Diyegodagi masjidda otishma: besh kishi halok bo‘ldi
09:26 / 05.05.2026