Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailand shimolidagi toshqinlar 11 kishining umriga zomin bo‘ldi
Foto: RIA Novosti
Mavsumiy toshqinlar birdaniga fojiali tus olgan Tailandning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlarida oxirgi 4 kun ichida 11 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.
Mamlakatning 77 ta viloyatidan 19 tasidagi katta hududlar fojia hududi deb e'lon qilingan, bu yerda toshqinlar balandligi 1,5-3 metrni tashkil qilgan. Tailand bosh vaziri general Prayut Chan-Ocha 2 avgust ertalab shimol va shimoli-sharqqa mahalliy ma'muriyatlar va fojia hududlarida joylashtirilgan harbiy qismlarning aholiga ko‘mak berish bo‘yicha sa'y-harakatlarini shaxsan safarbar etish uchun jo‘naydi.
Tailand IIVning tabiiy fojialardan ogohlantirish markazi ma'lumotlariga ko‘ra, toshqin janubga tomon tarqamoqda va yaqin kunlarda markaziy viloyatlarga yetishi mumkin. Joylarda harbiylar va mahalliy hukumat suvni yaqin oradagi suv havzalariga tortib olish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirishgan, biroq bir qator viloyatlarda toshqin tortib olinayotgan suv tashlanayotgan mahalliy suv omborlari to‘g‘onlari vayron bo‘lgani sababli kuchaygan.
Tailandda odatda may oyidan oktabrgacha davom etadigan yomg‘irlar mavsumida toshkinlar deyarli har kuni yuz beradi, biroq joriy yilda kuchli davomiy yomg‘irlar uni odatdagidan anchagina xavfli ko‘rinishga keltirdi.
Joriy yildan toshqinlar Tailand bilan qo‘shni davlatlarda ham fojiali ko‘rinish oldi. Misol uchun, Laosning shimoliy, tog‘li qismida joriy yilda tarixda ilk marta toshqin oqibatida odamlar halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:21 / 30.04.2026
Bedarak ketgan futbol jamoasi – g‘orda qamalib qolgan bolalar qanday qutqarilgandi?
10:39 / 24.04.2026
Dunyodagi opiy va geroin eng ko‘p tayyorlanadigan joy - giyohvand moddalar makoni bo‘lgan Oltin uchburchak
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
11:03 / 19.03.2026